Foydalanish shartlari
Bu hujjat siz bilan EliteHost o'rtasidagi kelishuvni belgilaydi. Iltimos, xizmatdan foydalanishdan oldin diqqat bilan o'qing.
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 6-noyabr
1.Umumiy qoidalar
EliteHost (elitehost.uz) — o'yin serverlari (Minecraft, CS2, CS 1.6, GTA 5, SA:MP, Rust, Terraria), Telegram/Discord botlari hamda veb-ilovalar uchun bulutli hosting xizmati. Saytda ro'yxatdan o'tish (jumladan Google yoki boshqa tarmoqlar orqali 1-bosishda kirish) yoki xizmatni sotib olish orqali siz ushbu shartlarga to'liq va so'zsiz rozilik bildirasiz.
Agar shartlarning biror qismiga rozi bo'lmasangiz — xizmatdan foydalanmang. Shartlarga yoki O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilmaslik hisobingiz va serverlaringizning ogohlantirishsiz to'xtatilishiga olib keladi.
| «Biz», «Platforma» | EliteHost xizmati va uning ma'muriyati |
|---|---|
| «Siz», «Mijoz» | Xizmatdan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs |
| «Xizmat» | O'yin serverlari, bot hosting, web hosting, domen/subdomen va tegishli funksiyalar |
| «Server» | Siz sotib olgan yoki sinovga olgan ajratilgan konteyner resursi |
| «Balans» | Hisobingizdagi oldindan to'langan ichki mablag' (UZS) |
2.Hisob yaratish va xavfsizlik
- Ro'yxatdan o'tishda haqiqiy va to'g'ri ma'lumot kiritishingiz shart.
- Bir shaxs bir nechta hisob yaratishi mumkin, lekin promo kodlarni bir necha marta ishlatish uchun hisob ochish taqiqlanadi.
- Email manzilingizni tasdiqlamaguningizcha server sotib ololmaysiz.
- Parolingiz va hisobingiz xavfsizligi uchun siz javobgarsiz. Ikki bosqichli tasdiqlashni yoqishni tavsiya qilamiz.
- Hisobingizga ruxsatsiz kirilganini sezsangiz — darhol bizga xabar bering.
- Hisob faqat uni ochgan shaxsga tegishli. Uni boshqaga o'tkazish — sotish, sovg'a qilish, ijaraga berish, almashtirish yoki login va parolni berish — taqiqlanadi.
- Login, parol va tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang — o'zini EliteHost xodimi deb tanishtirgan odamga ham. Biz hech qachon parolingizni so'ramaymiz.
- Jamoa bilan ishlash uchun hisobingizni bermang: panelda serverga qo'shimcha foydalanuvchi qo'shing — har kim o'z hisobi bilan kiradi va faqat siz bergan huquqlarga ega bo'ladi.
- Serverni boshqa odamga berish kerak bo'lsa — server sahifasidagi «Serverni topshirish» orqali bering. Bu yagona ruxsat etilgan yo'l.
Hisobni qo'ldan qo'lga o'tkazish — ban
Yosh chegarasi
3.Xizmatlar tavsifi
Biz quyidagi xizmatlarni taqdim etamiz:
- O'yin serverlari hostingi — Minecraft (Paper, Purpur, Spigot, Vanilla, Fabric, Forge, NeoForge, BungeeCord, Velocity), Counter-Strike 2, CS 1.6, GTA 5 (FiveM / RageMP), GTA SA:MP / MTA, Rust va Terraria serverlari.
- Telegram va Discord bot hosting — Python (3.10–3.13) va Node.js (18–22) muhitlarida 24/7 botlarni ishga tushirish.
- Web hosting — PHP, Node.js, Python va statik saytlar, GitHub orqali avtomatik deploy hamda bepul SSL sertifikatlari.
- Subdomen va rProxy tizimi — har bir tarifda belgilangan limit doirasida bepul subdomen ochish va o'z domeningizni (rProxy + SSL) ulash imkoniyati.
- Boshqaruv paneli — jonli konsol, fayl menejeri, SFTP, backuplar, MySQL ma'lumotlar bazalari, jamoaviy kirish va resurslar monitoringi.
Serverlar Pterodactyl panel ustida, izolyatsiyalangan Docker konteynerlarida ishlaydi. Har bir serverga tarifda ko'rsatilgan resurslar hamda Subdomen va rProxy limiti ajratiladi.
Resurs kafolati
4.To'lov, billing va sinov muddati qoidalari
Soatbay hisob-kitob tizimi: tarifning oylik narxi 720 soatga bo'linadi va balansingizdan har soatda avtomatik yechib boriladi.
| Formula | soatlik stavka = (oylik narx − chegirma) ÷ 720 |
|---|---|
| Yechish davriyligi | Har soatda avtomatik. Har bir yechim tranzaksiyalar tarixida ko'rinadi. |
| To'lov usullari | Uzcard, Humo, Click, Payme — admin panel orqali sozlangan usullar. |
| Tasdiqlash | To'lov cheki tekshirilib tasdiqlanadi (odatda 5–30 daqiqa). Tasdiqlangach balans avtomatik yangilanadi. |
| Valyuta | Barcha narxlar O'zbekiston so'mida (UZS). |
| Chegirmalar | Uzoq muddatga (3, 6, 12 oy) sotib olsangiz chegirma qo'llanadi. Chegirma soatlik stavkani kamaytiradi. |
| Bepul sinov (19 soat) | Sinov tarifi xizmat sifatini tekshirish uchun bir marta beriladi. Muddat tugagach sinov serveri avtomatik o'chiriladi yoki pullik tarifga o'tkaziladi. |
Soxta chek va to'lov firibgarligi — qat'iy taqiq
Muhim
5.Balans tugaganda nima bo'ladi
Ma'lumotlaringiz darhol o'chirilmaydi. Jarayon bosqichma-bosqich kechadi:
Ogohlantirish
Balans tugashiga 10 kun qolganda email, Telegram va saytda xabar olasiz; keyin 7, 3, 1 kun va 6 soat qolganda yana eslatiladi.
To'lov vaqti
Hisob-kitob vaqti kelganda xizmat narxi balansdan avtomatik yechiladi. Balans yetarli bo'lsa server uzluksiz ishlaydi.
Vaqtincha to'xtatish
To'lov vaqtida balans yetmasa server darhol to'xtatiladi (suspend). Barcha fayllar va ma'lumotlar saqlanadi, balans to'ldirilsa server avtomatik qayta yoqiladi.
O'chirish
To'xtatilgandan keyin 10 kun ichida balans to'ldirilmasa — server va barcha fayllar butunlay, qayta tiklab bo'lmaydigan tarzda o'chiriladi.
Avtomatik tiklanish
6.Pul qaytarish siyosati
Quyidagi hollarda pul balansingizga qaytariladi:
- Server yaratilmasa — texnik sabab bilan provisioning muvaffaqiyatsiz tugasa, to'langan summa avtomatik qaytariladi.
- Bizning aybimiz bilan uzilish — agar server bizning aybimiz bilan uzoq muddat ishlamasa, tegishli kompensatsiya beriladi.
- Ortiqcha to'lov — texnik xato tufayli ortiqcha yechilgan summa qaytariladi.
Pul qaytarilMAYDIGAN hollar:
- Balansdagi mablag'ni bank kartangizga qaytarish — balans faqat platforma ichida ishlatiladi.
- Fikringiz o'zgargani yoki xizmat kerak bo'lmay qolgani uchun.
- Shartlarni buzganingiz sababli hisobingiz to'xtatilgan bo'lsa.
- Sizning xatoyingiz sababli yuzaga kelgan muammolar (noto'g'ri konfiguratsiya, o'chirilgan fayllar).
- Uchinchi tomon xizmatlari (Telegram, Mojang) ishlamay qolgani sababli.
Kompensatsiya
7.Taqiqlangan foydalanish
Serverlaringizda, botlaringizda, veb-saytlaringizda va ularga ulangan domen/subdomenlarda quyidagilarni amalga oshirish qat'iyan taqiqlanadi:
- Qimor o'yinlari, kazino va pul tikish (Gambling / Betting) — onlayn kazino, bukmekerlik, totalizator, pul tikish platformalari, shuningdek slot, ruletka, crash, aviator, mines, karta, lotereya, pulli sandiq (case-opening / lucky-wheel) va shunga o'xshash qimor o'yin botlari, skriptlari, mini-ilovalari (Telegram WebApp) yoki saytlarini yaratish va ishlatish.
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid faoliyat — O'zbekiston Respublikasi qonunlarida taqiqlangan har qanday xatti-harakat va kontent: giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta'sir qiluvchi dorilar savdosi yoki targ'iboti; qurol-yarog' va portlovchi moddalar; ekstremizm, terrorizm va diniy aqidaparastlik; milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo'zg'atish; konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz; pornografiya va behayolikni tarqatish; litsenziyasiz kripto-aktivlar aylanmasi va noqonuniy to'lov agregatorlari; «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun talablarini buzish.
- Moliyaviy piramidalar, firibgarlik va fishing (Scam / Phishing) — moliyaviy piramidalar (Ponzi sxemalari), soxta sarmoya, «pul ko'paytirib berish» va soxta daromad botlari, fishing saytlari va botlari, karding, bank kartalari (Uzcard, Humo, Visa/Mastercard) ma'lumotlari yoki SMS-kodlarni o'g'irlovchi tizimlar, davlat organlari va to'lov tizimlari nomidan soxta sahifalar ochish.
- Tarmoq hujumlari va zararli dasturlar — DDoS/DoS hujumlar uyushtirish, stresser/booter panellar, port skanerlash, brute-force, botnet boshqaruv markazlari (C2), virus, troyan, stealer, RAT, keylogger va boshqa zararli kodlarni saqlash yoki tarqatish.
- Spam, flood va nakrutka — Telegram, Discord, email yoki SMS orqali ruxsatsiz ommaviy xabar (spam) yuboruvchi botlar, userbot-spammerlar, akkauntlarni ommaviy avto-ro'yxatdan o'tkazuvchi va sun'iy obunachi/ko'rish ko'paytiruvchi skriptlar.
- Kripto mayning — har qanday kriptovalyuta qazib olish (CPU, GPU, RAM yoki disk mayning) hamda yashirin mayner skriptlar.
- Proxy, VPN va trafikni yashirish — boshqalarga sotish, ommaviy tarqatish yoki noqonuniy faoliyatni yashirish maqsadida proxy, VPN, SOCKS, V2Ray/Xray yoki TOR tugunlarini ishga tushirish.
- Resurslarni suiiste'mol qilish — atayin node protsessori, diski (I/O) yoki tarmoq kanalini sun'iy ravishda to'ldirish, fork-bomb ishga tushirish yoki boshqa mijozlarning serverlariga xalaqit berish.
- Mualliflik huquqi va litsenziya buzilishi — mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallarni noqonuniy tarqatish, zararli kod qo'shilgan (nulled/backdoor) plaginlarni tarqatish.
- Hisob savdosi va tizimni chetlab o'tish — hisoblarni sotish, sotib olish, ijaraga berish, 19 soatlik bepul sinov yoki promo kodlardan qayta-qayta foydalanish uchun ko'p hisob (multi-akkaunt) ochish, billing tizimini aldash va zaifliklardan foydalanish.
- Voyaga yetmaganlarga zararli kontent — bolalar xavfsizligiga tahdid soluvchi, zo'ravonlik, shafqatsizlik yoki o'z joniga qasd qilishga undovchi har qanday materiallar.
Buzilish oqibatlari
Zaiflik topsangiz — undan foydalanmang, bizga xabar bering. Mas'uliyatli xabar berganingiz uchun minnatdorchilik va mukofot bildiramiz.
8.Domenlar, Subdomenlar va rProxy qoidalari
Har bir tarif rejasida serverga qulay manzil ulash uchun belgilangan miqdorda Subdomen va rProxy limiti birga taqdim etiladi. Ushbu tizimdan foydalanishda quyidagi qoidalar amal qiladi:
- Bepul subdomen nomlari haqoratli, chalg'ituvchi, qimor yoki noqonuniy faoliyatga ishora qiluvchi so'zlardan iborat bo'lmasligi shart.
- Banklar, to'lov tizimlari (Click, Payme, Uzum, Humo, Uzcard), davlat idoralari yoki boshqa brendlar nomiga o'xshatma (impersonatsiya / fishing) subdomen va domenlarni ulash qat'iyan taqiqlanadi.
- rProxy orqali ulangan shaxsiy domenlarda joylashtirilgan barcha kontent uchun server egasi shaxsan javobgardir.
- Shikoyat (Abuse / DMCA) tushgan yoki xavfsizlik tekshiruvidan o'tmagan subdomen va rProxy yozuvlari ma'muriyat tomonidan ogohlantirishsiz o'chiriladi.
9.Jamoa, Global Chat, Serverlar ro'yxati va Qo'llab-quvvatlash etikasi
EliteHost platformasidagi ommaviy bo'limlar (Global chat, Ommaviy serverlar ro'yxati, Fikrlar) va Qo'llab-quvvatlash markazidan foydalanishda o'zaro hurmat qoidalariga amal qilish majburiy:
- Global chat va sharhlarda so'kinish, boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilish, kamsitish, flood va begona loyihalarni ruxsatsiz reklama qilish taqiqlanadi.
- Chatda firibgarlik havolalari, zararli fayllar, qimor botlari yoki hisob savdosi haqida e'lon qoldirgan foydalanuvchilar chatdan va platformadan bloklanadi.
- Ommaviy serverlar ro'yxatiga qo'shilgan server nomi va tavsifi haqiqiy bo'lishi, yolg'on ma'lumot yoki taqiqlangan kontent saqlamasligi kerak.
- Qo'llab-quvvatlash (Support) xodimlariga nisbatan haqorat, tahdid, tinimsiz spam-tiketlar ochish yoki yolg'on ma'lumot berish texnik yordam ko'rsatishni to'xtatish va hisobni cheklashga olib keladi.
- O'yin serverlari ichidagi ichki xaridlar (donat, VIP, buyumlar) server egasi va o'yinchi o'rtasida amalga oshiriladi; biroq o'yinchilarni ochiqchasiga aldash (scam) aniqlansa, ma'muriyat serverni bloklash huquqiga ega.
10.Bizning majburiyatlarimiz
- Tarifda ko'rsatilgan resurslarni (RAM, disk) to'liq ajratish.
- Infratuzilmani ishchi holatda saqlash va texnik nosozliklarni imkon qadar tez bartaraf etish.
- Rejalashtirilgan texnik ishlar haqida kamida 24 soat oldin xabar berish.
- Ma'lumotlaringizni shifrlangan holda saqlash va uchinchi tomonlarga bermaslik.
- Qo'llab-quvvatlash xizmatini 24/7 taqdim etish (javob vaqti murojaat murakkabligiga bog'liq).
- Balans tugaganda ma'lumotni darhol o'chirmaslik va oldindan ogohlantirish.
Uptime maqsadi
11.Sizning majburiyatlaringiz
- Balansni o'z vaqtida to'ldirish va xizmat uzluksizligini ta'minlash.
- Serveringizdagi kontent va uning qonuniyligi uchun to'liq javobgar bo'lish.
- Muhim ma'lumotlaringizning zaxira nusxasini mustaqil saqlash.
- Hisobingiz xavfsizligini ta'minlash (kuchli parol, 2FA).
- Boshqa mijozlarga xalaqit bermaslik.
- Xizmatdagi muammolarni bizga xabar qilish.
- Bot tokenlari va API kalitlarini muhit o'zgaruvchilari orqali saqlash (kod ichiga yozmaslik).
12.Ma'lumotlar va backup
Platforma backup imkoniyatini taqdim etadi (tarifga qarab 1–20 ta), lekin ma'lumotlaringizning zaxira nusxasi uchun asosiy mas'uliyat sizda.
- Muhim ma'lumotlarni muntazam ravishda o'z kompyuteringizga yuklab oling.
- Backuplar server bilan bir infratuzilmada saqlanadi — falokat holatida ular ham yo'qolishi mumkin.
- Server o'chirilganda backuplar ham o'chiriladi.
- Biz ma'lumot yo'qolishi uchun javobgar emasmiz, lekin tiklashda imkon qadar yordam beramiz.
13.Xizmatni to'xtatish
Siz istalgan payt serveringizni o'chirishingiz yoki hisobingizni yopishingiz mumkin. Server o'chirilgach billing to'xtaydi.
Biz quyidagi hollarda xizmatni to'xtatishimiz mumkin:
- Foydalanish shartlari buzilganda (ogohlantirishsiz).
- To'lov vaqtida balans yetmaganda (oldindan ogohlantirish bilan) — 10 kun ichida to'ldirilmasa server o'chiriladi.
- Xizmatni butunlay yopish qarori qabul qilinsa — kamida 30 kun oldin xabar beramiz va balansdagi mablag'ni qaytarish yo'lini taklif qilamiz.
- Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonuniy talabi bo'yicha.
14.Javobgarlik chegarasi
Xizmat «qanday bo'lsa shundayligicha» (as is) taqdim etiladi. Qonun ruxsat bergan doirada biz quyidagilar uchun javobgar emasmiz:
- Bilvosita zarar — foyda yo'qotilishi, obro'ga putur yetishi, biznes imkoniyatlari yo'qolishi.
- Uchinchi tomon xizmatlari (Telegram, Mojang, Discord, to'lov tizimlari) ishlamay qolishi.
- Sizning kodingiz yoki konfiguratsiyangizdagi xatolar oqibatlari.
- Fors-major holatlar — tabiiy ofat, urush, davlat qarorlari, keng ko'lamli internet uzilishi.
- Serveringizda joylashtirilgan kontent sababli uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik.
Maksimal javobgarlik
15.Intellektual mulk va saytdan nusxa olish
EliteHost saytining dizayni, sahifa tuzilishi, matnlari, logotipi, grafikasi va dasturiy kodi EliteHostga tegishli va mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
- Saytni yoki uning bo'limlarini ko'chirib, shunga o'xshash yoki uning nusxasi bo'lgan sayt yaratish taqiqlanadi — qo'lda ham, dasturlar yoki sun'iy intellekt vositalari yordamida ham.
- Saytni avtomatik dasturlar (HTTrack, wget, skreyperlar va shu kabilar) bilan ommaviy yuklab olish taqiqlanadi.
- EliteHost nomi va logotipidan mijozlarni chalg'itadigan tarzda foydalanish taqiqlanadi.
Nimaga ruxsat berilgan
Serveringizga joylagan kod, fayl va ma'lumotlar esa o'zingizniki — biz ularga egalik da'vo qilmaymiz.
16.Nizolarni hal qilish
Har qanday nizoni avvalo muzokaralar yo'li bilan hal qilishga harakat qilamiz. Qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling — ko'p muammolar shu bosqichda hal bo'ladi.
Kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, Toshkent shahri sudlarida ko'rib chiqiladi.
Ushbu shartlarning biror bandi haqiqiy emas deb topilsa, qolgan bandlar o'z kuchini saqlab qoladi.
17.Shartlarga o'zgartirishlar
Shartlarni yangilashimiz mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida email va saytdagi bildirishnoma orqali kamida 14 kun oldin xabar beramiz.
O'zgarishlardan keyin xizmatdan foydalanishni davom ettirsangiz — yangi shartlarga rozilik bildirgan hisoblanasiz. Rozi bo'lmasangiz, hisobingizni yopishingiz mumkin.
Savollaringiz bormi? Bizga yozing: support@elitehost.uz yoki qo'llab-quvvatlash markazi.