EliteHostEliteHost
NarxlarEliteHost AI
KirishBoshlashRo'yxatdan o'tish
EliteHostEliteHost

Serverlaringiz, botlaringiz va infratuzilmangizni bitta zamonaviy platformadan boshqaring.

Mahsulotlar

  • Minecraft Hosting
  • Minecraft Hosting Uzbekistan
  • Telegram Bot Hosting
  • Narxlar
  • Server joylashuvlari

Resurslar

  • Qo'llanma
  • Bot joylashtirish
  • Tizim holati

Kompaniya

  • Biz haqimizda
  • Sayt xaritasi
  • Fikrlar
  • Yangiliklar
  • Hamjamiyat
  • Media dasturi
  • Yordam markazi
  • Xatolik haqida xabar

Huquqiy

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Qaytarish siyosati
  • Javobgarlik

To'lov usullari

Balansni o'zingizga qulay ilova yoki karta orqali to'ldiring

  • Karta
  • Click
  • Payme
  • Paynet
  • Alif
  • AnorBank
  • Visa/MC
  • Plum
  • Kiosk

© 2026 EliteHost. Barcha huquqlar himoyalangan.

🇺🇿O'zbekistonda ishlab chiqilgan

Qo'llanma

Billing va to'lovlar

Soatbay hisob-kitob qanday ishlaydi va balansni qanday boshqarish kerak.

5 daqiqalik o'qish

Mundarija

  • 1. Soatbay hisob-kitob qanday ishlaydi
  • 2. Balansni to'ldirish
  • 3. Eslatma, to'xtatish va o'chirish
  • 4. Promo kodlar va do'st taklif qilish

Soatbay hisob-kitob qanday ishlaydi

EliteHost'da oldindan bir oylik to'lov olinmaydi. Server yaratganingizda balansdan hech narsa yechilmaydi — hisob faqat server ishlagan soatlar uchun boradi.

text
Soatlik narx = oylik narx ÷ 720 soat

Masalan: 60 000 so'mlik tarif
  60 000 ÷ 720 = 83,33 so'm/soat

Server 10 kun ishlasa:
  83,33 × 24 × 10 = 20 000 so'm

Serverni to'xtatib qo'ysam pul yechiladimi?

Ha. Server o'chirilgan bo'lsa ham unga ajratilgan RAM va disk band turadi, shuning uchun hisob davom etadi. To'liq to'xtatish uchun serverni o'chirib tashlash kerak.

Balansni to'ldirish

  1. 1

    Summani kiriting

    «Balans» → «Hisobni to'ldirish» bo'limiga kiring va summani yozing.

  2. 2

    To'lov usulini tanlang

    Uzcard, Humo, Click yoki Payme.

  3. 3

    To'lang va chekni yuklang

    Ko'rsatilgan kartaga o'tkazing, so'ng to'lov chekining rasmini yuklang.

  4. 4

    Tasdiqni kuting

    Odatda 5–30 daqiqada tasdiqlanadi. Tasdiqlangach sizga bildirishnoma keladi va tizim avtomatik chek yaratadi.

Eslatma, to'xtatish va o'chirish

Balans tugab qolsa server darhol o'chirilmaydi — sizda 10 kun vaqt bo'ladi.

QachonNima bo'ladi
Balans tugashiga 10 kun qolgandaBirinchi eslatma keladi (sayt, email va Telegram), keyin 7, 3, 1 kun va 6 soat qolganda yana eslatiladi
To'lov vaqtida balans yetmasaServer darhol to'xtatiladi (suspend), ma'lumotlar saqlanib qoladi
To'xtatilgandan keyin 10 kun ichidaBalansni to'ldirsangiz — server avtomatik qayta ishga tushadi. Har kuni eslatma keladi
10 kun o'tgachServer va undagi barcha ma'lumotlar butunlay o'chiriladi

Ma'lumotlaringizni saqlang

10 kunlik muddat tugagach server tiklab bo'lmaydigan tarzda o'chiriladi. Agar to'lay olmasangiz — o'sha muddat ichida backup yuklab oling.

Promo kodlar va do'st taklif qilish

  • Promo kodni sotib olish oynasidagi maxsus maydonga kiriting
  • Profilingizda shaxsiy taklif kodingiz bor — uni do'stlaringizga ulashing
  • Do'stingiz shu kod bilan ro'yxatdan o'tib tarif sotib olsa, siz uning to'lovidan 10% olasiz
  • Bonus balansingizga avtomatik tushadi va uni xohlagan tarifga sarflashingiz mumkin

Keyingi bo'lim

Xavfsizlik

Davom etish

Javob topolmadingizmi?

Qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing — odatda bir necha daqiqada javob beramiz.

Murojaat yozish